Germaniya Ukrainaga bergan va’dasini qachon bajarishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
20 may 2022
9574Germaniya Ukrainaga va’da qilgan Gepard zenit qurollari iyul oyida yetkazib beriladi. Bu haqda “Spiegel” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Germaniya Mudofaa vaziri Kristin Lambrext va Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov telefon orqali muloqot qilgan.
Taxminlarga ko‘ra, yetkazib berishning birinchi partiyasi 15 ta zenit qurilmalari va 60 mingga yaqin o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Bundesverdan (Germaniya qurolli kuchlari) ukrainalik harbiy xizmatchilarga “tayyorlash yordami” ko‘rsatiladi.
“Bugun men ukrainalik hamkasbim Reznikov bilan gaplashdim va u Ukraina Germaniyadan Gepard zenit qurollarini, jumladan, mavjud 59 ming o‘q-dorilarni tezroq yetkazib berishni xohlashini yana bir bor aniq tasdiqladi”, deydi Lambrext Reznikov bilan videomuloqotdan so‘ng.
Kristina Lambrext 26 aprel kuni Germaniya Ukrainaga Gepard qurilmalarini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi. O‘shandan beri yetkazib berish kechiktirildi, chunki nemis tomoni yetarli miqdordagi snaryadlarni kafolatlay olmadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainaga yettita PzH 2000 gaubitsasini bermoqchi va ukrainalik harbiy xizmatchilarni ulardan foydalanishga o‘rgatmoqda.
Bundan oldin DPA manbalarga tayanib, Germaniya hukumati Sloveniya orqali Ukrainaga sovet T-72 tanklarini aylanma ayirboshlash tamoyili asosida yetkazib berishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi