Germaniya terma jamoasi JCH-2022 rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 2 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayogan Jahon chempionati "E" guruhi 3-turida Germaniya terma jamoasi Kosta-Rikani 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Terma jamoa raqib darvozasiga yo‘llagan zarbalar soni bo‘yicha joriy yil mundialning mutlaq rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Eurofootball” nashri xabar berdi.

Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda nemislar 32 marta raqib darvozasiga zarba yo‘llab, to‘rtta gol urdi – o‘rtacha sakkizta zarbadan bittasi golga aylandi. Taqqoslash uchun, Kosta-Rikaliklar darvozasiga yettita gol urgan Ispaniya terma jamoasi bahs davomida Konkakaf vakili darvozasiga o‘n yettita zarba yo‘llagan.

Ma’lumot o‘rnida, nemislarning ushbu g‘alabasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘lmadi. Terma jamoa guruhda 3-o‘rinda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati guruh bosqichining "E" guruhidan Ispaniya va Yaponiya terma jamoalari pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing