Germaniya xavotirda. Hukumat gazni tejash rejasini ishga tushirdi

Olam

image

Germaniya gaz iste’molini kamaytirish rejasining ikkinchi bosqichini ishga tushirdi. Bu haqda Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Germaniyada gaz taqchil mahsulot”, degan vazirlik rahbari.

Uch bosqichli rejaning ikkinchi bosqichiga o‘tish Gazprom”dan yetkazib berishning qisqarishi fonida sodir bo‘ldi. Rossiya davlat korporatsiyasi tabiiy gaz yetkazib berish sanksiyalar tufayli uskunalarni ta’mirlashda qiyinchiliklar yuzaga kelgani sabab qisqarganinini bildirdi. Bundan tashqari, bir kun avval “Financial Times” gazetasi Berlin “Shimoliy oqim” quvuriga yozgi texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida yetkazib berish butunlay to‘xtab qolishidan qo‘rqayotgani haqida xabar bergan edi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat soha korxonalariga yana yoqilg‘i sotib olish imkonini beradigan “auksionda tejash modeli”ni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, hukumat gazdan voz kechganlik uchun mukofotlash tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.

Shu yilning bahorida Berlin gaz sohasida uch bosqichli favqulodda vaziyat rejasini amalga oshirishga kirishdi. Birinchi bosqichda davlat organlari muvofiqlashtiruvchi shtab tuzadilar va tabiiy omborlarni to‘ldirish tezligini nazorat qiladilar. Ikkinchi bosqichda yuqori ogohlantirish holati joriy etiladi. Bunda kompaniyalar iste’molni qancha kamaytirish va qanday qo‘shimcha hajmni sotib olishni o‘zlari hal qilishlari mumkin bo‘ladi. Oxirgi bosqichda favqulodda rejim joriy etiladi, bu davlatga Federal tarmoq agentligi orqali resurslarni taqsimlash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing