Germaniya qordan qochib, do‘lga tutilishi mumkin

Olam

image

Germaniya gaz bo‘yicha boshqa davlatlarga, jumladan Qatarga qaram bo‘lib qolishi mumkin. Bu haqda “Die Welt” gazetasida chop etilgan maqolada aytiladi.

“Germaniya Rossiya gazi va neftiga qaramlikdan xalos bo‘lish uchun butun dunyo bo‘ylab yangi hamkorlar qidirmoqda. Vaholanki, barcha qit’alarda energiya manbalaridan siyosiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalaniladi”, deyiladi maqolada.

Xususan, maqolada energetika inqirozi Fors ko‘rfazi davlatlari uchun yangi kuchlar bergani urg‘ulangan. Ular dunyodagi eng yirik neft yetkazib beruvchisi, xususan Saudiya Arabistoni, Qatar esa suyultirilgan gazning eng yirik eksportchisi hisoblanadi.

Shuning uchun yevropalik siyosatchilar bu yil Fors ko‘rfaziga yangi ta’minot shartnomalarini ta’minlash va Rossiyadan mustaqil bo‘lish uchun ko‘proq tashrif buyurgan. Biroq, nashr mualliflarining fikriga ko‘ra, yevropaliklar bir qiyin vaziyatdan ikkinchisiga o‘tishgan, ehtimol undan ham qiyinroq.

“Bu Yevroparlamentdagi korrupsiya mojarosi chog‘ida o‘zini namoyon qildi: bir necha qatarlik vakillar jahon chempionati arafasida o‘z mamlakatlari obro‘sini yaxshilash uchun Yevroparlament deputatlariga pora berganlikda gumon qilinmoqda. Shu fonda, sud jarayoni tugaguniga qadar Qatarning Yevroparlament majmuasi hududiga kirishini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi”, deyiladi gazeta maqolasida.

Bunga javoban Qatar vakillari bu qadam arab amirligining Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlariga va global energetika xavfsizligi salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytgan.

“Shu bilan birga, nemis kompaniyalari Qatar bilan shartnoma imzoladi. Ular Germaniyaga 2 million tonna suyultirilgan gaz yetkazib berishni nazarda tutadi, bu uning yillik energiya ehtiyojining qariyb 3 foiziga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun, Germaniya hukumati shayxlarning g‘azabini qo‘zg‘atadigan biron bir bayonot yoki qaror qabul qilishdan oldin ikki marta o‘ylab ko‘rishi kerak", deyiladi maqolada.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1931

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing