Germaniya qachon Rossiya nefti va ko‘miridan voz kechishini ma’lum qildi 

Olam

image

Germaniya joriy yilning 1 avgustidan Rossiya ko‘mirini, 31 dekabrdan esa neftini sotib olishni to‘xtatadi. Bu haqda Germaniya Moliya vaziri o‘rinbosari Yorg Kukis Sidneydagi anjumanda ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Rossiyadan iste’moli uchun zarur bo‘lgan ko‘mirning 40 foizini va neftning ham 40 foizini sotib olgan.

“Sharqiy Yevropada Sovet ittifoqining quroli bo‘lgan “Drujba2 quvurining tarixidan xabardor har bir kishi biladiki, bu qaramlikdan xalos bo‘lish arzimas ish emas, biz bunga bir necha oy ichida erishamiz”, deydi Moliya vaziri o‘rinbosari. 

Kukisning qo‘shimcha qilishicha, hozir Germaniya Rossiyaning o‘rniga yetkazib berish uchun muqobil qidirmoqda. Bunday muqobil AQSH va Qatar bo‘lishi mumkin. Germaniya suyultirilgan gaz uchun terminallar qurmoqda. Shunga qaramay, energiya ta’minotida hali ham katta bo‘shliq mavjud.

Aytish joizki, Rossiyadan ko‘mir importini taqiqlash Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining beshinchi paketiga kiritilgan, neftga qisman embargo esa oltinchi paketga kiritilgan.

“Bloomberg” nashriga ko‘ra, yil boshidan beri Rossiyaning neft daromadlari 50 foizga o‘sgan. Shu munosabat bilan G7  mamlakatlari rahbarlari Rossiya neftiga minimal narxlarni joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bunda neft narxi bir barrel uchun 40-60 dollar miqdorida belgilanishi mumkin (Rossiya nefti bir barrel uchun o‘rtacha 80-85 dollardan sotiladi).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

679

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing