Germaniya iqtisodiyoti tanazzul “yoqasiga” kelib qoldi
Olam
−
21 Oktabr 2022
19435Germaniyada ishlab chiqarish hajmi keskin kamayib bormoqda, uning iqtisodiyoti tanazzul arafasida. Bu haqda bugun, 21 oktyabrda Germaniya Federal banki ma’lum qildi.
Bundesbank ma’lumotlariga ko‘ra, “Iqtisodiyot tanazzul yoqasida turibdi, joriy yilning uchinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar ma’lum darajada o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsada, qish oylariga kelib bu ko‘rsatgichlar pasayib ketishi mumkin”.
Ekspertlarning fikricha, sanoat va iste’molchilar uchun asosiy muammo barqaror energiya ta’minotidir. Mamlakatdagi gaz iste’molining iqtisodiyotga katta ta’siri bo‘lmasada, sanoatdagi ulkan energiya xarajatlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bu esa aholining xarid qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Iyul oyining boshlarida, Rossiyadan gaz yetkazib berishda uzilishlarning boshlanishi Yevropa Ittifoqidagi energiya inqiroziga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, Yevropa Komissiyasi YeI mamlakatlarini Rossiyadan gaz olishni to‘xtatishga chaqirgan.
Temur Jumayev
LiveBarchasi