Germaniya Federal Prezidenti O‘zbekistonda qanday kutib olindi?
Jamiyat
−
28 may 2019 6129 1 daqiqa
Avvalroq, Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga yetib kelgani haqida ma’lumot bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Germaniya Prezidentining qanday kutib olingani tasvirlangan lavhalarni e’lon qildi. Unda oliy martabali mehmon yuksak darajada qarshi olingani, 10 dan ortiq mototsikl va 20 dan ortiq avtomobillardan iborat kortej Frank-Valter Shtaynmayer va uning rafiqasini manzilga eltganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi.
Davlat tashrifining asosiy tadbirlari bugun, 28 may kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator муҳим ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025