Germaniya 400 000 dan ko‘p migrantlarni qabul qilmoqchi
Olam
−
21 yanvar 2022
14531Yaqinda tarkibi o‘zgargan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati mamlakatda demografiya ko‘rsatgichining pasayib ketishi va ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortib borayotganligi sababli har yili 400 000 malakali xorijliklik ishchilarni mamlakatga qabul qilmoqchi.
Hukumatni bunday qarorni qabul qilishga undagan sabab COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat ortidan ishchi kuchini yo‘qotgan mamlakat sanoatining turli sohalari inqiroz yoqasiga kelib qolgani bo‘lgan.
“Yuqori salohiyatli ishchilar yetishmasligi muammosi mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji yo‘lida katta to‘siq bo‘lmoqda. Yangi, zamonaviy immigratsion siyosat yoshi kattarib borayotgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi qatlami bilan bog‘liq muammoni yechishda eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Biz zudlik bilan yiliga 400 000 malakali ishchilarni mamlakatga jalb qilish tizimini yo‘lga qo‘yishimiz kerak”, degan Erkin Demokratlar partiyasining Parlamentdagi rahbari Kristian Dyurr “WirtschaftsWoche” biznes jurnaliga bergan intervyusida.
Mamlakatning yangi kansleri Olaf Shols a’zo bo‘lgan Sotsial demokratlar va Yashillar partiyasi ham Erkin Demokratlar ilgari surgan taklifni qo‘llab-quvvatlagan. Parlament hukumatga mutaxassislar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining fuqarolari bo‘lmasligi va yuqori malakali ishchilarni ko‘proq jalb qilish maqsadida ish haqini oshirib, soatiga 12 yevro (13.60 dollar) qilib belgilashni taklif qilgan.
Germaniya Iqtisodiyot Institutining bildirishicha, mehnatga layoqatli ishchilar pensiyaga chiqib, ularning o‘rnini egallayotgan yoshlar sonining kamligi tufayli joriy yilning o‘zida mamlakat mehnat bozorida 300 000 ishchi kuchiga talab paydo bo‘ladi.
Bu ko‘rsatkich 2029 yilga borib 650 000 ga yetishi, 2030 yilda pesiyaga chiqadigan mehnatga layoqatli aholi soni esa 5 million kishini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.
O‘tgan yili pandemiya bo‘lishiga qaramasdan mamlakat mehnat bozorida bandlik darajasi 45 millionga o‘sgan.
So‘nggi yigirma yillik mobaynida tug‘ilish sonining pasiyib ketishi va tartibsiz migratsiya tizimi mamlakat mehnat bozorida nomutanosiblikni keltirib chiqargan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi