Germaniya 30 mln vaksina ajratdi. Jumladan O‘zbekistonga ham 

Jamiyat

image

Germaniya pandemiyaga qarshi kurashish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga va’da qilingan 30 million dozadagi koronavirusga qarshi vaksinani sovg‘a qildi. Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasi vakili Ulrike Demmer bugun, 9 avgust kuni brifingda aytib o‘tdi.

“Xabaringiz bor, Germaniya 21 may kuni bo‘lib o‘tgan Global sog‘liqni saqlash sammitida yil oxirigacha kamida 30 million dozalik vaksinani, birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berishini e’lon qilgandi”, deya eslatib o‘tdi Demmer.

Vazirlar Mahkamasi vakilining ta’kidlashicha, Germaniya bu dozalarni asosan COVAX dasturi doirasida yetkazgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gap AstraZeneca kompaniyasi preparatlari haqida ketmoqda. Ushbu vaksinalar endi Afg‘oniston, Sudan, Tojikiston, O‘zbekiston va Efiopiya kabi mamlakatlarga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga 710 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing