“Genotsid va sudsiz qatllar”. Falastin Isroil qilmishlari bo‘yicha BMTga murojaat qilmoqchi
Olam
−
17 may 2021
5423Bugun, 17 may kuni Falastin BMT Bosh Assambleyasiga Isroil tajovuzini to‘xtatish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilishni so‘rab murojaat qiladi. Bu haqda Falastin Milliy administratsiyasi xabar qilmoqda.
“BMT Xavfsizlik Kengashi Isroilning hujumlarini qoralashda va ularni zudlik bilan to‘xtatishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Endi hujumlarni qoralash haqidagi bayonotlar yetarli emas, Isroilga qarshi qaqashatqich jazo choralarini ko‘rish zarur”, deydi FMA Bosh vaziri Muhammad Shtay.
Shuningdek, Shtayning ta’kidlashicha, Xalqaro jinoiy sud Isroilga qarshi choralar ko‘rish harakatlarini tezlashtirishi hamda xalqaro hamjamiyat mojaroga “siyosiy yechim loyihasini” taqdim etishi kerak.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Harbiy havo kuchlari G‘azoda butun boshli oilalarni o‘ldirish orqali "genotsid" uyushtiryapti, Iordan daryosining g‘arbiy sohilida esa Isroil harbiylari “sudsiz qatllarni” amalga oshiryapti.
Bundan tashqari, tibbiy vositalarni G‘azo sektoriga o‘tkazish uchun xalqaro tashkilotlar va Misr bilan hamkorlik qilinayotgani aytildi.
Kamola Amirova
LiveBarchasi