“Gazprom” Ukraina orqali Yevropaga gaz berayotgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

“Gazprom” Ukraina hududidan Yevropaga “Sudja” gaz o‘lchash stansiyasi (GO‘S) orqali kuniga 42,7 million kub metr gaz yetkazib beryapti. “Soxranovka” orqali naz haydash bo‘yicha ariza Ukraina tomonidan rad etildi, deb xabar bermoqda TASS “Gazprom” vakiliga tayanib.

“Gazprom” 3 sentyabr holatiga “Sudja” GO‘S orqali Ukraina hududidan rasmiy Kiyev tasdiqlagan miqdorda – 42,7 million kubometr Rossiya gazini yetkazib beryapti. “Soxanovka” GIS uchun ariza rad etildi”, deydi u.

2 sentyabr kuni gaz o‘tkazish hajmi 41,3 million kub metrni tashkil etgan.

Ukraina orqali o‘tadigan tranzit liniyasi Rossiya gazini G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishning yagona yo‘li bo‘lib qolmoqda. “Shimoliy oqim” orqali gaz o‘tkazish butunlay to‘xtatildi. “Turk oqimi” va “Moviy oqim” orqali gaz yetkazib berish Turkiya hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

445

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing