“Gazprom” Ukraina hududi orqali Moldovaga gaz yetkazib berishni kamaytirmaydi 

Olam

image

“Gazprom” kompaniyasi “Moldovagaz” tomonidan joriy yilning noyabr oyida Rossiya gazining joriy yetkazib berish haqini to‘lashdagi qoidabuzarliklar bartaraf etilganidan so‘ng, Ukraina hududi orqali Moldovaga gaz yetkazib berishni kamaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda TASS nashri “Gazprom” bayonotiga asoslanib xabar berdi.

“Moldovagaz” kompaniyasi noyabr oyida Rossiya gazining joriy ta’minoti uchun “Gazprom” bilan tuzilgan to‘lov shartnomasi buzilishini bartaraf etdi. Shu munosabat bilan Moldovaga tranzit uchun “Sudja” gaz o‘lchash stansiyasiga gaz yetkazib berishni qisqartirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, “Gazprom” rasmiylari Moldova tomonining Rossiya gazi uchun to‘lov bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini muntazam ravishda buzayotganiga e’tibor qaratdi va to‘lov shartlari yana buzilgan taqdirda Rossiya kompaniyasi gaz yetkazib berishni qisqartirish yoki ularni to‘liq to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, “Gazprom” Ukraina orqali Yevropaga kuniga 42,2 million kubometr gazni “Sudja” gaz o‘lchash stansiyasidan tranzit tarzda yetkazib beradi.

Ukraina orqali o‘tadigan tranzit liniyasi Rossiya gazini G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishning yagona yo‘li bo‘lib qolmoqda. “Turk oqimi” va “Moviy oqim” esa Turkiya hamda Janubiy va Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing