“Gazprom” “Shimoliy oqim”orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

Olam

image

Rossiyadan Germaniyaga “Shimoliy oqim” quvuri orqali gaz yetkazib berish bugun, 31 avgustga o‘tar kechasi nol darajaga tushib ketdi. Gaz ta’minoti 2 sentyabr kuni tiklanishi aytilmoqda.

Rossiya gazi “Shimoliy oqim” orqali yetkazib beriladigan Germaniyaning Nel va Opal gaz quvurlari operatorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya shimolidagi Grayfsvald shahridagi qabul punktida gazning jismoniy oqimi birinchi holatda to‘liq to‘xtagan, ikkinchi holatda esa bir necha marta kamaygan. Nord Stream AG quvuri operatoriga ko‘ra, 31 avgust erta tongda ta’minot nolga tushgan.

Avvalroq, Rossiya davlat konserni “Gazprom” Portovaya kompressor stansiyasidagi yagona ishlayotgan Trent 60 gaz nasos agregati texnik xizmat ko‘rsatish va rejali profilaktika ishlari uchun 31 avgustdan 2 sentyabrga qadar to‘xtatilishi haqida ogohlantirgan edi. “Gazprom”ning ishontirishicha, Siemens mutaxassislari bilan birgalikda zarur ishlar olib boriladi va ta’mirdan so‘ng kuniga 33 million kubometr gaz yetkazib berish qayta tiklanadi, bu gaz quvuri o‘tkazish qobiliyatining qariyb 20 foiziga teng.

Ayni paytda, Rossiya Kanadada texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan va iyul oyi o‘rtalaridan beri Germaniyada bo‘lgan “Shimoliy oqim” turbinasini Germaniyadan haligacha olmagan. Siemens Energy kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Moskva hujjatlarga yopishib olishda va bema’ni talablarni qo‘yishda davom etmoqda.

Iyun oyida “Gazprom” “Shimoliy oqim” quvuri orqali gaz yetkazib berishni keskin kamaytirdi. Rossiya kompaniyasi buni Siemens gaz turbinasi Kanadadagi ta’mirdan so‘ng o‘z vaqtida qaytarilmagani bilan izohladi. 11 iyuldan 21 iyulgacha esa gaz quvurining ikkala tarmog‘i rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari tufayli to‘xtatildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing