G‘azodan Isroilga 22 ta raketa uchirildi

Olam

image

Bugun, 2 may kuni falastinlik radikal guruhlar G‘azo sektoridan Isroil tomon 22 ta raketa uchirdi, ulardan to‘rttasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olindi, 16 tasi esa aholi yashamaydigan hududlarga tushdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu  G‘azodan bir kun ichida yahudiy davlatiga ikkinchi marta raketa hujumi uyushtirilishidir. Bugun ertalab ham G‘azodan Isroil janubiga uchta raketa uchirilgan, ularning barchasi aholi yashamaydigan hududlarga qulagan.

Aytilishicha, mazkur raketa hujumlariga “Islomiy jihod” guruhining yuqori martabali arbobi Xader Adnanning 86 kunlik ochlik e’lonidan so‘ng Isroil qamoqxonasida vafot etgani sabab bo‘lgan. 

Bugun, 2 may kuni ertalab Xader Adnan hushsiz holda topilgan. U kasalxonaga yotqizilgan, ammo uni jonlantirishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Isroil qamoqxona xizmati u tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanishdan bosh tortganini aytgan.

G‘azo sektorida joylashgan “Islomiy jihod” tashkiloti avvalroq agar Adnan qamoqda o‘lsa, Isroil “katta to‘lov” to‘lashi haqida ogohlantirgan.

44 yoshli Xader Adnan terrorchilik guruhiga a’zolikda ayblanib, shu oy sudga tortilishi kerak edi. U bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Jenin shahridan bo‘lib, so‘nggi yigirma yil davomida Isroil hibsxonasida bo‘lgan. Shu davr mobaynida u besh marta ochlik e’lon qilgan.

O‘limidan oldin uning rafiqasi Randa Musa Adnan har qanday yordamni rad etayotganini, tibbiy ko‘rikdan bosh tortganini, juda og‘ir qamoq sharoitlari bo‘lgan kamerada ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing