G‘azodagi qurbonlar soni 3,7 mingdan oshdi. Ularning 1,5 ming nafari bolalar

Olam

image

Navbatdagi keskinlik boshlanganidan beri Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 3,7 mingdan oshdi, 12 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“Isroilning G‘azo sektoriga davom etayotgan tajovuzi oqibatida 3785 kishi halok bo‘ldi va 12493 kishi yaralandi”, deyiladi vazirlikning Facebook'da e’lon qilingan xabarida.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 1,5 mingdan ortiq bolalar, ming nafar ayollar, 120 nafar keksalar bor. Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, Isroil ishg‘oli tibbiy guruhlarning yaradorlarni shifoxonaga yotqizishiga to‘sqinlik qilmoqda, yahudiy davlati esa o‘t ochishda davom etmoqda va shifoxonalarga olib boradigan yo‘llarni to‘sib qo‘ymoqda.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘arbiy Sohilda isroilliklar bilan to‘qnashuvlar oqibatida 69 falastinlik halok bo‘lgan, 1300 dan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing