“Gaz zapravka”larning ish vaqtiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7–bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinadi.

“Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Hurmatli iste’molchilar, vaktinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSH tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tishini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Xususan, Farg‘ona viloyatida 17 noyabrdan Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari soat 06:00 dan soat 18:00 ga qadar ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

836

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing