Gaz va “svet”ni talon-toroj qilish jinoyat sifatida belgilanishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 13 fevral kuni imzolangan “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z borgan. 

Qarorga muvofiq, Bosh prokuratura Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritishi belgilangan:

•    elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilash;

•    O‘zenergoinspeksiyaning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (mansabdor shaxslarga nisbatan) vakolatini belgilash;

•    O‘zenergoinspeksiya tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma va taqdimnomalarni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing