Gaz quyish shoxobchasida ikkita avtomobil yonib ketdi
Jamiyat
−
12 avgust 2019 7571 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Sariqsuv mahallasi hududidagi “Viktoriya gaz servis” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining 6-kolonkasida yong‘in chiqqan.
Oqibatda Gaz to‘ldirayotgan 2 ta avtomobil olov ichida qolib, butunlay yonib ketgan. Yong‘in oqibatida shoxobchada gaz to‘ldirayotgan fuqaro X.X.ga tegishli “Damas” rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Alanga uning orqasida, navbatda turgan fuqaro J.G‘.ga tegishli “Damas” rusumli avtomobiliga o‘tib ketishi sabab ikkala mashina to‘liq yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr