G‘assollar tatuajni piska bilan shilib, g‘isht bilan ishqalaydimi? 30 yillik yuvg‘uvchi bilan suhbat

Intervyu

Ayollarning sun’iy go‘zallik vositalari – lab va tana boteksi, tirnoq uchun lak va shlak, qosh, ko‘z, lab va tananing turli joylaridagi tatuajlari muqaddas Islom dinida joiz sanalmaydi. Agar ulardan birini o‘z tanasida qo‘llagan ayollar vafot etgudek bo‘lsa, qabrga qanday qo‘yiladi? Ular g‘assollar tomonidan g‘isht bilan ishqalanib, tirnoqlari ombir bilan olinib, boteks qilingan a’zolari piska bilan shilib tashlanishi rostmi? QALAMPIR.UZ’ning “Jim turing” loyihasi galdagi mehmoni 30 yillik tajribaga ega g‘assol Salima Po‘latovaga ushbu savollar bilan murojaat qilindi. 

“Eng avvalo shuni aytamanki, bizning qilgan ishlarimizning siri o‘zimiz bilan ketishi kerak. 

Botekst, tatuaj kabi narsalar musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi. Mayli, zamonaviy yoshlarimiz bunday narsalardan foydalansin, ammo o‘sha laklarning suvda yoki atsetonda o‘chib ketadiganini surishsin. Afsuski, hozirgi qizlarimizning laklarini o‘chirib bo‘lmaydi. Ba’zan mayit yuvish uchun borganimizda manikyur, pedikyur qiladigan go‘zallik saloni xodimalarining kelishini kutib o‘tiramiz. Kelishgach, 15-20 daqiqa haligi tirnoqni atseton bilan o‘rab qo‘yishadi. Baribir oxirigacha toza bo‘lmaydi. Keyin ombirga o‘xshagan qisqich bilan kesib olishadi. Shunaqa azoblarning nima keragi bor? Shuni o‘rniga ilgari surib kelingan laklar, xna, o‘sma, qalamdan foydalanishsa, yuvsa ketadi. 

Mendan ham tatuaj haqida, uni g‘assollar piska bilan qirib tashlashi yoki g‘isht bilan ishqalashi haqida ko‘p so‘rashadi. Yo‘q, biz jallod emasmiz. Bizda ham yurak bor. Iloji boricha o‘sha mayitga ozor bermaslikka harakat qilamiz. Biz ularga qanchalik mehr ko‘rsatsak, oxiratda Allohning ham, bandalarining ham qarshisida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi. Ammo g‘isht bilan ishqalash va piska bilan qirish haqidagi gaplar – yolg‘on. Odatda bunday gaplarni qo‘rqitish uchun gapirishadi. Lekin bu narsa eng avvalo insonning yuragida bo‘lishi kerak. Qo‘rqitgandan foyda yo‘q”, deydi Salima Po‘latova. 

G‘assol Salima Po‘latova bilan to‘liq videointervyuni hoziroq yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ'ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

g'assol Salima Po'latova

Baholaganlar

2012

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar