G‘aroyib an’analar. Yangi yilni turli davlatlarda qanday kutib olishadi?
Bu qiziq
−
26 dekabr 2023
10170Qayerdadir yangi yilda qadrdonini tabriklab, uning boshidan suv qo‘yish urf bo‘lsa, yana allaqayerda kelgusi yilda baxtli bo‘lish uchun yangi yil kirib kelganda soat o‘n ikki marta bong urganda, 12 ta uzum donasini yeyish odatga aylangan. Ayrimlar mashaqqat chekib uyiga olib kirgan suvni derazadan sochadi, yana kimdir bu kuni o‘zi yoqtirgan insonini o‘pish imkoniga ega bo‘ladi. Anglaganingizdek, bugun dunyoning turli nuqtalarida Yangi yil kuni kuzatiladigan g‘ayritabiiy odatlar haqida ma’lumot beramiz.
Yaponiya
Yaponiyada Yangi yilda uylarni bambukdan yasalgan haskashlar bilan bezatish odat tusiga kirgan. Agar uyda ular bo‘lmasa, baxtni hech narsa bilan yig‘ib bo‘lmaydi, deb ishoniladi. Yaponlar kelayotgan yilni baxtli va quvonchga to‘la o‘tkazish uchun Yangi yilning ilk soniyalarida baland ovozda kulishadi.
Italiya
Italiyaliklar kelayotgan yangi yilda eski va keraksiz narsalardan xalos bo‘lish kerak, deb hisoblaydi. Yangi yil arafasida italiyaliklar eski narsalarni uylarining derazalaridan uloqtiradi. Ba’zida hattoki singan mebellarni ham ko‘chalarda uchratish mumkin.
Bolgariya
Bolgariyada Yangi yil bayrami paytida barcha uylardagi chiroqlar uch daqiqaga o‘chiriladi. Bu vaqt ichida odamlar yorug‘likda jur’at etolmagan odamini o‘pish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalar esa 1 yanvar kuni kattalarni tabriklash uchun qo‘llarida "dogwood" daraxtidan yasalgan tayoqlar bilan boradi. Bolalar o‘z sovg‘alarini qo‘lga kiritgandan so‘ng, tayoqchalar bilan taqillatishadi.
Gretsiya
Yangi yil kuni yunonlar yaqin odamlariga katta o‘lchamli, ko‘tarish imkoniyati bo‘lgan toshlar tuhfa qiladi. Shu yo‘l bilan ular o‘z oilasi va do‘stlariga moddiy farovonlik tilaydi. Yunon an’analariga ko‘ra, og‘ir tosh pul to‘la hamyonni anglatadi. Ushbu tosh asosan uyning kiraverishiga osiladi.
Kuba
Soat 12:00 da, Yangi yil arafasida kubaliklar oldin uydagi barcha idishlarni suv bilan to‘ldirib, keyin derazadan to‘kib tashlaydi. Shunday qilib, ular kelayotgan yangi yilga suvdek musaffo va toza bo‘lib o‘tishadi. Kubaliklarning fikricha, soat 12 marta bong urayotgan paytda 12 ta uzum donasini yeyishga ulgurish kerak, shundagina kelgusi yilda farovonlik va omadga erishiladi.
Aytgancha, Kubada archa o‘rniga mahalliy ignabargli o‘simlik – Araukariyani bezashadi. Bolalar esa qorboboga emas, balki ijobiy xarakterli sehrgarlar – Gaspar, Baltazar va Melchorga xat yozadi.
Argentina
O‘tayotgan yilning so‘nggi kunlarida Argentina ko‘chalari tonnalab qog‘oz chiqindisi bilan qoplandi. Janubiy Amerika mamlakatida eski kalendar va keraksiz qog‘ozlarni derazadan uloqtirish odat tusiga kirgan. Bundan tashqari, agar argentinaliklar kelgusi yilda ko‘p sayohat qilishni xohlasa, yangi yil arafasida ular o‘z uyida chamadonini ko‘tarib olib, u yoq bu yoqqa yurishi kerak bo‘ladi.
Tailand
Tailandliklar Yangi yilni uch marta nishonlashadi: Yevropa Yangi yili, Xitoy Yangi yili va o‘zlarining o‘zgaruvchan bayrami – Songkran.
Songkran aprel oyida bir necha kun ketma-ket nishonlanadi. Bu vaqtda taylar bir-birlariga baxt tilab, boshdan-oyoq suv quyish uchun ko‘chaga chiqadi. Tailandliklar qanchalik tez va qattiqroq xo‘l bo‘lsa, yangi yilda shunchalik ko‘p baxt kelishiga ishonadi.
Mikroneziya
Mikroneziya orollaridan birining aholisi yovuz ruhlarni chalg‘itish uchun har yili o‘z ismlarini o‘zgartiradi. Ayniqsa, 1 yanvar kuni ertalab ular og‘zlarini kaftlari bilan berkitib, bir-birlari bilan yangi ma’lumot almashadi hamda yovuz ruh hech narsani eshitmasligi uchun nog‘ora chalishadi.
Panama
Yangi yil kuni Panama ko‘chalarida siyosatchilar, sportchilar va boshqa taniqli shaxslar qiyofasidagi qo‘lbola qo‘g‘irchoqlar yoqib yuboriladi, ammo bu panamaliklar kimgadir yomonlik tilaydi, degani emas. Qo‘g‘irchoqlar “muñeco” deb nomlanadi va ular o‘tayotgan yilning qiyinchiliklarini anglatadi. Ularning fikricha, agar hashakli qo‘g‘irchoqlar bo‘lmasa, kelgusi yilda hech qanday qo‘rquv va muammo bo‘lmaydi.
Belgiya
Belgiyada Yangi yilni nishonlashning g‘ayrioddiy an’analaridan biri bu sigirlarni tabriklashdir. Fermerlar 1 yanvar kuni erta tongda sigirlarning yoniga borib, ularni yangi yil bilan tabriklaydi.
LiveBarchasi