Garet Beyl jarohat oldi
Sport
−
14 Oktabr 2019
2380Madridning "Real" klubi hamda Uels terma jamoasi a’zosi Garet Beyl terma jamoa tarkibida Yevro-2020 saralashi doirasida Xorvatiyaga qarshi kechgan (1:1) bahsda jarohat oldi.
O‘yin so‘ngida Beyl oqsoqlanib harakat qila boshladi. Biroq Rayan Giggz o‘yinchi almashtirish bo‘yicha uchala imkoniyatdan foydalanib bo‘lgani uchun Beyl maydonda qolishga majbur bo‘ldi.
Qayd etish joiz, ushbu o‘yinda “Real”ning xorvatiyalik a’zosi Luka Modrichning ham jarohat olgan.
Ma’lumot uchun, Garet Beyl 1989 yilda tug‘ilgan. U "Real" tarkibiga 2013 yilda kelib qo‘shilgan. Bungacha,"Tottenxem Xotspur" tarkibida to‘p surgan.
LiveBarchasi
Andijon aeroporti qayta ochildi.
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart