G‘arbning “megafon diplomatiyasi” Ukrainaga zarar yetkazmoqda – Turkiya

Olam

image

G‘arb tomonidan Rossiyaning Ukrainaga yaqinlashib kelayotgan tajovuzkorligi haqidagi da’volar atrofidagi bo‘hron Ukrainaga, shu jumladan bu mamlakat iqtisodiyotiga ham zarba bermoqda. Bunday “megafon diplomatiyasi” mintaqadagi keskinlik darajasini pasaytirmaydi va reallikdan yiroqdir. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li TRT Haber telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya vositachilik harakatlarida muammoga tez yechim bo‘lmasligini tushunib turibdi.

“Shu bilan birga, ushbu bosqichda keskinlik darajasini pasaytirish va ishonch muhitini yaratish bo‘yicha qadamlar muhim ahamiyatga ega. Vaziyat G‘arbda tasvirlanganidek dahshatli emas, lekin ayni paytda jiddiy”, deya ta’kidladi u.

Turkiya TIV rahbari Anqaraning pozitsiyasi nihoyatda ochiq va aniq ekanini ta’kidladi.

“Turkiya Ukraina va Rossiya bilan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lgan davlat sifatida allaqachon mojarolar ko‘p bo‘lgan mintaqada qarama-qarshilikning yangi bosqichiga qarshi. Biz vaziyatni yumshatish uchun choralar ko‘ryapmiz. Tomonlar bilan aloqalar davom etmoqda. Ushbu aloqalarning ayrimlari haqida jamoatchilik xabardor qilinadi. Diplomatik kanallar orqali sa’y-harakatlar qilinmoqda”, deydi Chavusho‘g‘li.

Chavusho‘g‘li Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Kiyevga so‘nggi tashrifini esladi. 

“Birinchi navbatda, keskinlik intensivligini pasaytirish, keyin esa uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash choralarini ko‘rish kerak”, deydi turk vaziri.

Vazirning mintaqada tinchlik o‘rnatish yo‘li barcha tomonlarning o‘zaro kelishuvdagi pozitsiyasidan o‘tishiga ishonch bildirdi.

“Ukraina vositachilikka rozi. Rossiya ham eshiklarni yopmadi. Biz Moskva tomonidan Rossiya rahbarining tashrifi sanasini oshkor qilishni so‘radik. Mintaqada tinchlik va osoyishtalik, iqtisodiy taraqqiyot bo‘lishini istagan har bir kishi mutanosib siyosat yuritishi kerak”, degan TIV rahbari.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing