“G‘arbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha – Yashil Koridor”. Prezident Mirziyoyev ITB sammitida 5 ta taklif bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Preziyednti Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda dunyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishi, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy, energetika va oziq-ovqat resurslarining yetishmovchiligi kabi jiddiy sinovlarga duch kelayotganiga to‘xtaldi.

Shavkat Mirziyoyev bu xavf-xatarlarni samarali yengish uchun ITBning a’zo mamlakatlari innovatsiya va texnologiyalarni rivojlantirish va joriy qilish masalalarida keng qamrovli hamkorlik o‘rnatishi lozimligini ta’kidladi.

“Bankimiz faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takomillashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

Birinchidan, “G‘arbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha – Yashil Koridor” nomli savdo-iqtisodiy makonni shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etamiz. Ayniqsa, bu pandemiya davrida g‘oyat katta ahamiyatga ega. Konsepsiyaning ro‘yobga chiqarilishi o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatlarimizning barqaror o‘sishiga va  iqtisodiy jihatdan birlashishiga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi tomonidan moliyaviy instrumentlarni kengaytirish lozim.

Bu sa’y-harakatimiz erkin savdoni rag‘batlantirish, investitsiyaviy xatarlarni sug‘urtalash,  transport va logistika infratuzilmalarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi pandemiya davrida iqtisodiyotni rivojlantirishga innovatsion tus berish zarurligini ta’kidladi va eng ko‘p e’tibor berish kerak bo‘lgan yo‘nalishlarni sanadi.

Uchinchidan, “post-kovid” davrida a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlari rivojlanishiga innovatsion tus berish juda muhim masaladir.

Jumladan:

•    Islom taraqqiyot bankining fan, texnologiya va innovatsiyalar jamg‘armasining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish;
•    qishloq xo‘jaligiga ilg‘or ishlanmalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
•    qayta tiklanadigan energiya  va ekologik texnologiyalarning qo‘llanishini kengaytirish asosida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish ayniqsa dolzarbdir.

To‘rtinchidan, mintaqaviy ahamiyatga ega investitsion va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish darkor.

Biz bu bilan mamlakatlari-mizning o‘zaro bog‘liqligini yanada mustahkamlashga erishamiz.

Beshinchidan, yangi yo‘nalishlarni moliyalashtirish maqsadida, a’zo mamlakatlar tomonidan Islom Taraqqiyot Banki kapitalini oshirish bo‘yicha avval qabul qilingan qaror ijrosini   tezkor ravishda ta’minlashimiz zarur”, deya qator takliflarni ilgari surdi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing