G‘arb Janubiy Kavkazda vaziyatni beqarorlashtirmoqchi – Rossiya TIV

Olam

image

G‘arbning Rossiya tinchlikparvar kuchlarini Janubiy Kavkazdan chiqarilishiga urinishlari mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Rossiya kontingenti mintaqada xavfsizlikni ta’minlayapti.

“Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimizki, aynan bizning mamlakatimiz 2020 yilning noyabr oyida urushni to‘xtatib, mintaqaga tinchlik va barqarorlik olib kelgan tinchlikparvar kuchlarini yuborgan va shu kungacha Baku va Yerevan o‘rtasidagi qurolli mojarolarni hal qilishga hissa qo‘shib kelmoqda. Tashqi kuchlarning Rossiya tinchlikparvar kontingentining chiqarilishiga urinishlari aynan Janubiy Kavkazdagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan”, deydi Zaxarova.

Rossiya TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Armanistonga insonlar manfaatini o‘ylamasdan takliflar kiritmoqda va shu orqali 2020 yil noyabrda erishilgan kelishuvni yo‘qqa chiqarmoqchi.

“Bizning uch tomonlama ishlanmalarimiz o‘zlashtirilmoqda va buzib tashlanmoqda. Yevropa Ittifoqi, YeXHT va Fransiya niqobi ostidagi G‘arb emissarlarining Armanistonga kelishi tez-tez uchrayapti. Shoshilinch o‘ylab topilgan, butun mintaqa aholisi manfaatlarini hisobga olmaydigan tashabbuslar ilgari surilmoqda. Bu Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrdagi kelishuvlari asosida og‘ir sharoitlarda erishilgan muvozanatning buzilishiga yo‘naltirilgan”, deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya diplomatik departamenti vakili, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyanni navbatdagi uch tomonlama sammit uchun Rossiyaga taklif qilganini aytdi.

Ma’rifat Latipova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing