G‘arb o‘z oyog‘iga o‘zi bolta uryapti – Mishustin
Olam
−
26 avgust 2022
8962G‘arb cheklovlarning o‘ziga salbiy ta’sirini his qilishiga qaramay, Rossiya va Belarusga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirmoqda. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.
“Kollektiv G‘arb Rossiya va Belarusga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirmoqda, garchi uning tashabbuskorlarining o‘zlari bunday siyosatning salbiy ta’sirini allaqachon his qilgan bo‘lsalar ham”, deydi u yig‘ilishda.
Vazirlar Mahkamasi raisining so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar tufayli xalqaro iqtisodiy va savdo tizimi bo‘shashgan, odatiy aloqalar uzilgan. Shuningdek, u bunday sharoitda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘z samaradorligini isbotlaganini ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi choragida YeOII yalpi ichki mahsuloti hajmi 3,5 foizdan ortiq o‘sgan. Birinchi yarim yillikda qishloq xo‘jaligi, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish o‘sib, jamiyatdagi ishsizlik darajasi uchdan birga kamaygan.
“G‘arb ham Rossiyani global oziq-ovqat inqirozida ayblashga urinmoqda, garchi hozirgi vaziyat ularning harakatlarining bevosita natijasi ekanini yaxshi bilsa-da”, deydi u.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi