G‘arb Ukrainani ikkinchi Afg‘onistonga aylantirmoqchi – Lavrov 

Olam

image

G‘arb Ukrainada ikkinchi Afg‘onistonni yaratishga harakat qilmoqda. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Pokiston tashqi siyosati yetakchisi Shoh Mahmud Qureyshi bilan Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidladi.

“Afg‘onistonni jahon siyosatining markaziga aylantirmoqchi bo‘lganlar hozir uni Ukraina bilan almashtirishga harakat qilmoqda va bu nima haqida ekanligini hamma tushunib turibdi”, deydi Lavrov.

Ma’lumot uchun, so‘nggi asrlarda o‘z davrining global va mintaqaviy kuchlari Afg‘onistonni qo‘lga kiritish uchun tinimsiz geosiyosiy kurash olib bordi. Ammo hech bir kuchli davlat bu mintaqada mutloq ustunlikka  ega bo‘lgan emas. Uzoq yillar davomida Afg‘onistonda harbiy amaliyotlar olib borgan AQSH ham buning uddasidan chiqolmadi. Shuning uchun, Afg‘onistonni ichki va tashqi siyosiy kuchlar manfaatlari to‘qnashadigan va hech biri mutlaq ustunlikka erisholmaydigan geosiyosiy maydon deb atashadi. 

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lavrov O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan edi.

Ertaga, 31 mart kuni Xitoyda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing