G‘arb Ukrainaga yirik qurollarni bermaslikka kelishib oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron G‘arb davlatlari Ukrainaga ayrim turdagi qurol-yarog‘lar, xususan, hujumchi samolyotlar va tanklarni bermaslik bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi. Bu haqda u ukrainalik jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tgan. 

“Hozir norasmiy kelishuv haqida gap ketyapti, ammo bu NATO bo‘yicha hamkorlarning deyarli rasmiy pozitsiyasi. Biz Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam beryapmiz, lekin Rossiya bilan urushmoqchi emasmiz”, deydi Makron. 

Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev ushbu kelishuvlardan xabardor.

Aytish joizki, Ukrainaga qurol yetkazib berilayotgani uchun Rossiya barcha davlatlarga, jumladan, AQSHga nota yuborgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyevga atalgan qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgan. Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda”. 

Shuningdek, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Kiyevga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga keldi. Ular Kiyev viloyatining Irpen shahrida bo‘lib, urush talafotlarini ko‘zdan kechirdi. So‘ng Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Safardan asosiy maqsad Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing