G‘arb tahdid va shantaj orqali boshqa davlatlarni Rossiyaga qarshi qayrayapti – Lavrov
Olam
−
04 Oktabr 2022
5541Kollektiv G‘arb tahdid va shantaj orqali Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlaridan Rossiyani qoralashni talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“G‘arb tahdid va shantaj orqali boshqa davlatlardan, birinchi navbatda rivojlanayotgan davlatlardan Rossiyani qoralovchi pozitsiyani egallashni talab qilmoqda”, deydi Lavrov.
Uning fikricha, davlatlarning katta qismi Rossiya Ukraina atrofidagi vaziyatda haq ekanini yaxshi biladi, biroq hamma ham bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xolis gapirishga jur’at va kuchga ega emas.
Shuningdek, Rossiya TIV rahbari yangi hududlarning Rossiya bilan birlashishi bilan bog‘liq vaziyatda hayotning o‘zi taqozo etgan ssenariy amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 30 sentyabr kuni MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlarining razvedka faoliyati bo‘yicha konferensiyasining 18-yig‘ilishida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ning hech bir respublikasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘z ichki ishlariga aralashishga urinishlaridan himoyalangan emasligini aytgan edi.
LiveBarchasi