G‘arb Rossiyani yo‘q qilish uchun imkon qidiryapti – Putin

Olam

image

G‘arb Rossiyani zaiflashtirish va yo‘q qilish uchun yangi imkoniyat qidirmoqda. Bunday hudud va resurslarga ega buyuk davlat borligi unga tinchlik bermayapti. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 30 sentyabr kuni Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari Rossiyaga qo‘shilib, amalda anneksiya qilingani haqidagi kelishuvni imzolash oldidan so‘zlagan nutqida shunday fikr bildirdi.

Uning qayd etishicha, 1991 yilda G‘arb Rossiya zarbalarga dosh berolmay, o‘z-o‘zidan parchalanib ketishiga umid qilgan, biroq mamlakat omon qolgan va jonlangan.

“Shuning uchun G‘arb shu vaqtgacha qidirdi va bizga zarba berish, azaldan orzu qilganidek Rossiyani zaiflashtirish va yo‘q qilish uchun yangi imkoniyat izlashda davom etmoqda. Davlatimizni parchalab, xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, ularni qashshoqlik va yo‘q bo‘lib ketishga mahkum qilishni. Dunyoda shunday ulkan davlat borligi, uning hududi, tabiiy boyliklari, resurslari, birovning buyrug‘iga ko‘ra yashamaydigan xalqi borligi ularga tinchlik bermayapti”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Zaporoje viloyatining bosib olingan hududida, shuningdek, tan olinmagan DXR va LXR hamda bosib olingan Xerson viloyatida “Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar” o‘tkazildi. Zaporoje viloyatida protokollarning 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, qo‘shilish tarafdori 93,11 foiz, Xerson viloyatida - 87,05 foiz, DXRda - 99,23 foiz, LXRda - 98,42 foiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing