“Gap yo‘q” triosi “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 26 fevral kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Badiiy so‘z san’ati va sahna mas’uliyati” mavzusida yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Yig‘ilish davomida qiziqchilik sohasida yuzaga kelayotgan turli muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi. “Gap yo‘q” triosi (Sardor Tashmuhamedov, Laliddin Xolmatov va Sanjar Isabayevlar) yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mazmunan sayoz, mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan, “ommaviy madaniyat” va axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi qo‘shiqlardan o‘z chiqishlarida foydalangani uchun  ogohlantirildi hamda kelgusida shu kabi holatlar takrorlansa, ularning litsenziyalari ham to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, litsenziya bitimlarining talablar va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani ya’ni o‘tkazilgan konsert dasturlarida Muassasaga topshirilgan ssenariydan chetga chiqib, milliy urf-odatlar va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, ma’naviy qadriyatlarga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar, fahshni targ‘ib qiluvchi hajviyalar orqali qiziqchilik san’atini beobro‘ etayotganligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga rioya etilmagani uchun Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan “Bravo” jamoasi a’zolariga hamda Halima Ibragimovaga berilgan litsenziyalar 2019 yil 26 fevraldan e’tiboran amal qilishi tugatildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Gap yo'q triosi

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar