“GAI” xodimlari bayonnomani endi elektron tarzda rasmiylashtiradi

Jamiyat

image

Bugun, 1 may kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda  shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan vaqtinchalik jarima maydonlarining rahbarlari, shuningdek, DYHXXning ma’muriy amaliyot inspektorlari ishtirok etdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda karantin davrida va umuman turli qoidabuzarliklar uchun vaqtinchalik jarima maydonlariga  kiritilgan transport vositalarini chiqarishning qonuniy yechimlari hamda bu ishda qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish masalasi muhokama qilindi. Jarima maydonlarida o‘tkazilgan nazorat tekshiruvlari natijalari e’lon qilinib, aniqlangan kamchiliklar va ularni tezda bartaraf etish choralari ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida qo‘llanilayotgan innovatsion yangiliklar haqida ham so‘z bordi. Harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlari samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilayotgan  zamonaviy planshetlarga alohida to‘xtaldi. 

Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarliklar sodir etayotgan yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan elektron tarzda bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilmoqda. Yig‘ilishda planshetlardan foydalanish tartiblari, aynan shunday elektron bayonnomalar rasmiylashtirilgan transport vositalarini jarima maydonlariga olib borish va rasmiylashtirish tartiblari ham muhokama qilinib, bu yo‘nalishda xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing