FVV xodimlari 2 yashar bolaning qo‘lini go‘sht qiymalagichdan chiqirib oldilar

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari 2 yashar bolaning qo‘lini go‘sht qiymalagichdan chiqarib oldilar. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Joriy yilning 18 fevral kuni soat 18:50 da Samarqand viloyati Samarqand shahar Beruniy ko‘chasi 23-uy 43-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Y.M. tomonidan viloyat boshqarma navbatchilik qismiga farzandi 2017 yilda tug‘ilgan A.F.ning o‘ng qo‘li uy-sharoitida foydalaniladigan elektr go‘sht qiymalagich ichiga kirib qolgani hamda farzandini RSHTYIM viloyati filiali jarrohlik bo‘limiga olib borgani haqida xabar kelib tushgan. 

Shundan so‘ng, zudlik bilan boshqarma mas’ul navbatchisi va 5 nafar qutqaruvchilari RSHTYIM Samarqand filiali jarrohlik bo‘limiga yetib borishgan. 

Ushbu vaziyatda bolaning qisilib qolgan barmoqlarini jarohatsiz chiqarib olish bo‘yicha tibbiy xodimlar va qutqaruvchilarning hamkorlikdagi o‘ta ehtiyotkorlik va mahorat bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida elektr go‘sht qiymalagich maxsus moslamalar bilan kesib olingan.  Olib borilgan tezkor harakatlar o‘z samarasini beradi va bolaning qo‘li moslamadan chiqarib olingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Go'sht qiymalagich

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar