Surxondaryoda avtomobil portladi. 9 yoshli bola halok bo‘ldi

Jamiyat

Surxondaryoda 39 yoshli fuqaro avtomashinasida gaz ballonlarni olib ketayotgan vaqtida portlash sodir bo‘lgan. Hodisada 9 yoshli bola vafot etgan Bu haqda IIVning Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mudhish voqea joriy yilning 12 avgust kuni soat 19:05 larda, Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida sodir bo‘lgan.

Tumanining “Inkabod” mahallasida 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi U.X. Vaz-2107 rusumli avtomobilga 6 dona propan gaz to‘ldirilgan ballonlarni ortib, “Denov-Boysun” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Fuqaro avtomashina salonida sigaretni tutashish maqsadida olov yoqqan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan va yong‘in yuzaga kelgan. Natijada, haydovchi avtomashinani to‘xtatib, salon old o‘rindig‘ida o‘tirgan o‘g‘li 2011 yilda tug‘ilgan D.I.ni kuyish tan jarohatlari bilan salon ichidan olib chiqqan. 

Transport vositasi yong‘in oqibatida to‘liq zararlangan. 9 yoshli D.I. 30-35 foiz kuyish tan jarohatlari bilan tuman shoshilinch tez tibbiy bo‘limiga yotqizilgan. Tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramay, joriy yilning 14 avgust kuni voyaga yetmagan D.I. vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati, Boysun tuman FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing