FVV havo sovigani sababli aholiga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 8 aprel kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib, qor yog‘ishi kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur vaziyatda aholiga murojaat bilan chiqdi

Havo haroratining pasayishi gaz va boshqa turli isitish moslamalaridan foydalanish holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bunda ulardan foydalanishda ehtiyotsizlik yong‘inlarga hamda is gazidan zaharlanishga olib kelishi mumkin.

“Shuning uchun gaz moslamalaridan foydalanishda ogoh bo‘lishingizni hamda quyidagi zarur ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz:

•    nosoz, qo‘lbola va nostandart gaz va boshqa isitish moslamalaridan foydalanmang;

•    gaz va isitish moslamalarini, ayniqsa, kechasi nazoratsiz qoldirmang;

•    xonalarni isitish uchun gaz plitalaridan foydalanmang;

•    alangalanuvchi buyumlarni isitish pechlari va moslamalari yaqinida qoldirmang;

•    isitish moslamalaridan ishlab chiqaruvchi korxona yo‘riqnomasida keltirilgan tartibda foydalaning;

gaz hidi/sizib chiqishi aniqlanganda elektr uskunalari va ochiq olovdan foydalanmang. Bu holda xonani zudlik bilan shamollatib, 104 raqami orqali gaz avariya xizmatini chaqirish zarur”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, havo haroratining pasayishi va qor yog‘ishi sababli respublikaning ko‘plab hududlarida elektr energiya ta’minoti uzilib qoldi. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo FVV

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing