Yana bir o‘zbek shou-biznesi vakili YHQni qo‘pol ravishda buzdi (video)
Jamiyat
−
24 fevral 2020
61839O‘zbek shou-biznesi vakillarining yo‘l harakati qoidalarini buzishgani haqidagi xabarlarga tez-tez guvoh bo‘lib turamiz. Ular buni yoki qasddan yoki ixtiyorsiz ravishda amalga oshiradi. Yo‘l qoidalarini buzgan yana bir o‘zbek shou-biznesi vakili bu safar Parizoda Safarova bo‘ldi. Internetda ushbu holat tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Videoda aktrisa o‘z mashinasini noto‘g‘ri joyda burib olganini ko‘rish mumkin. Bunday holatda u ikki qator yo‘l chizig‘ini bosganini ko‘rish mumkin.
Aktrisa ushbu qoidabuzarligi uchun jarimaga tortilganmi yoki yo‘q, bu noma’lum.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu holatni qattiq tanqid qilgan. Ko‘pchilik garchi ushbu qoidabuzarlik yo‘l kameralarida aks etmagan bo‘lsa ham yoki YPX xodimi ko‘rmay qolgan bo‘lsa-da, aktrisa jarimaga tortilishi zarur, deb hisoblagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr