Futzal: Osiyo kubogida O‘zbekistonga kimlar raqiblik qilishi ma’lum bo‘ldi

Sport 1775
image

Bugun, 26 may kuni Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qur’a tashlash marosimi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)  qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston futzal terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi.  Shuningdek, ushbu guruhdan Markaziy Osiyoning yana ikki davlati – Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rin olgan. “B” guruhining - vakili Bahrayn futzalchilari bo‘ldi.

Barcha guruhlar bilan tanishing:

"A" guruhi

1. Kuvayt

2. Iroq

3. Tailand 

4. Ummon 


"B" guruhi 

1. O‘zbekiston

2. Bahrayn

3. Tojikiston

4. Turkmaniston


"C" guruhi

1. Eron

2. Livan

3. Xitoy Taypey

4. Indoneziya


"D" guruhi

1. Yaponiya

2. Vetnam

3. Janubiy Koreya

4. Saudiya Arabistoni

 

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 18
Reyting: 3.4
t
×