Futzal: Bugun Jahon chempionatida 2-tur yakunlanadi

Sport

image

Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 2-tur o‘yinlari nihoyasiga yetadi. 

Kun dasturida jami 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. E guruhida Marokash-Panama, Portugaliya-Tojikiston bahslari bo‘lib o‘tsa, “F” kvartetida Eron-Gvatemala hamda Fransiya-Venesuela uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

“E” guruhidagi o‘yinlarga Toshkent shahridagi “Humo arena” majmuasi mezbonlik qilsa, “F” guruhi bahslari Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasida o‘tkaziladi. 

Musobaqaning 3-tur o‘yinlariga 20 sentyabr kuni start beriladi. Oxirgi turda O‘zbekiston-Kosta-Rika uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing