Futzal: Bugun O‘zbekistonda Jahon chempionati boshlanadi
Sport
−
14 Sentabr 2024 6545 1 daqiqa
Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Kun dasturida 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Buxoro shahrida Xorvatiya-Tailand va Braziliya-Kuba o‘yinlari bo‘lib o‘tsa, Toshkent shahri Paragvay-Kosta-Rika hamda O‘zbekiston-Niderlandiya bahslariga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston-Niderlandiya o‘rtasidagi uchrashuvga poytaxtdagi “Humo arena” mezbonlik qiladi. O‘yin 20:00 da boshlanadi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston tarixda birinchi marta FIFA tasnifidagi turnirga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston futzal terma jamoasi esa 3-marta Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 6 oktyabrga qadar davom etadi. Toshkent va Buxoro shahridan tashqari Andijon shahrida turnir o‘yinlari o‘tkaziladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025