Futzal: Bugun O‘zbekiston Paragvayga qarshi to‘p tepadi

Sport

image

Bugun, 17 sentyabr kuni futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 2-tur o‘yinlari boshlanadi. “A” guruhida mezbon O‘zbekiston terma jamoasi paragvaylik futzalchilarga qarshi maydonga tushadi.

1-turda O‘zbekiston Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Paragvay 5:2 hisobida Kosta-Rikani taslim qilgandi. Hozirda Amerika qit’asi vakillari 3 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.

2-tur o‘yinlari 19 sentyabr kuni yakunlanadi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar, shuningdek, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan eng yaxshi 4 ta jamoa ham nimchorak finalga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Paragvay o‘yini soat 20:00 da start oladi. Uchrashuvga Toshkent shahridagi “Humo arena”da mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Paragvay Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing