Futzal: Bugun O‘zbekiston hayot-mamot o‘yinini o‘tkazadi

Sport

image

Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

“A” guruhidan joy olgan va ikki turdan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining oxirgi turida Kosta-Rika bilan to‘qnash keladi.

Kosta-Rika 1-turda Paragvayga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2-turda Niderlandiya bilan durang o‘ynadi. Amerika qit’asi vakillari hisobida xuddi O‘zbekiston kabi 1 ochko mavjud. G‘alaba har ikki jamoani nimchorak finalga olib chiqishi mumkin.

Mazkur uchrashuvda yutgan jamoa guruhda yo ikkinchi, yoki uchinchi o‘rinni qayd etib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqish ehtimoli mavjud. Barchasi guruhdagi ikkinchi o‘yinning natijasiga ham bog‘liq.

Guruhdagi ikkinchi bahsda muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan Paragvay Yevropa vakili Niderlandiya bilan bahs olib boradi. Uchrashuvda qanday natija qayd etishidan qat’i nazar Paragvay “A” kvartetida 1-o‘rinni egallaydi. Agar uchrashuvda Niderlandiya g‘alaba qozonsa, “uchar gollandlar” guruhda 2-o‘rin bilan nimchorak finalga yo‘l oladi. Bunday vaziyatda O‘zbekiston terma jamoasi faqat mundial guruhlarida eng yaxshi 3-o‘rinni ega chiqqan jamoalardan biri bo‘libgina pley-off bosqichiga chiqishi mumkin.

O‘zbekiston-Kosta-Rika o‘yiniga Toshkent shahridagi “Humo arena” mezbonlik qiladi. Bahs 20:00 da boshlanadi. Paragvay-Niderlandiya o‘yini esa Buxoro shahrida o‘tkaziladi. Bu o‘yin ham 20:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made