Futzal. Hakamni urgan “Navbahor” o‘yinchilari sportdan chetlatildi

Sport

image

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston oliy ligasining 12-turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlar” hamda “Metallurg” jamoasi o‘rtasidagi uchrashuvda hakamga nisbatan kuch ishlatgan ikki futzalchi 2 yilga sportdan chetlatildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi shunday qaror chiqardi.

Qayd etilishcha, “Navbahor lochinlari” va “Metallurg” uchrashuvining 40 daqiqasida hakam tomonidan “Navbahor” jamoasi o‘yinchisi Doniyor Sotvoldiyevga “qizil” kartochka ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng “Navbahor” jamoasi futbolchisi Ilhom Yusupjonov uchrashuv hakami oldiga borib o‘z e’tirozlarini qo‘pol tarzda bildirgan va unga nisbatan kuch ishlatgan.

Shuningdek, jamoa a’zolari va boshqalar tomonidan janjalli holatni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgan vaqtda yana bir “Navbahor” futbolchisi G‘ulomjon Mamajonov ham uchrashuv hakamiga nisbatan kuch ishlatgan.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, O‘FA tomonidan Intizom kodeksining 5.48, 5.49 bandiga asosan “Navbahor” futbolchilari Ilhom Yusupjonov va G‘ulomjon Mamajonovni 2 yil muddatga futzal bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va bu ikki futzalchining jarima to‘lashi ham alohida qayd etilgan.

Shuningdek, “Navbahor lochinlari” klubi tomonidan 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4 bandlariga rioya qilinmagani uchun u jarima to‘lashi belgilangan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing