Futbolning tirik afsonasi Lionel Messi 35 yoshni qarshiladi 

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 35 yoshga to‘ldi. Messi 1987 yilning 24 iyun kuni Argentinaning Rosario shahrida tug‘ilgan 

Qayd etish joizki, Lionel Messi “Barselona” bilan birgalikda 10 karra Ispaniya chempioni va 7 karra Ispaniya kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, Leo “Barsa” bilan to‘rt marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan va uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan. 

2021 yili Argentina terma jamoasi bilan Amerika Kubogida g‘alaba qozongan bo‘lsa, bu mavsumda PSJ bilan Fransiya chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Faoliyati davomida Lionel Messi “Oltin to‘p”ning 7 karra sohibi bo‘lgan. Bu natija jahon futbolining mutlaq rekordi hisoblanadi. Messidan keyin “Oltin to‘p”ni eng ko‘p portugaliyalik Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing