Futbolda tanish-bilishchilikka barham berildi – Prezident
Jamiyat
−
22 may 2834 1 daqiqa
O‘zbekistonda futbol tizimida korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Bu haqda bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshladi. 1,5 mingdan ortiq mahallaga sport maydonchalari qurib berildi. Poytaxtda zamonaviy Olimpiya shaharchasi barpo etildi, Yuqori Chirchiqda “Milliy futbol markazi” ishga tushirildi. Har bir viloyatda bittadan professional futbol akademiyasi va futbol maktablari tashkil qilindi.
Bu ishlar hisobiga havaskor futbolchilar soni 5 millionga yetdi, futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 1 million 300 mingdan oshdi, professional futbolchilar 17 mingga yetdi.
“Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu eng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi