Futbolda ofsayd qoidalari o‘zgaradimi?

Sport

image

Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger futbolda ofsaydni aniqlashning yangi qoidalarini taklif qildi. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

"Futbolchi tanasining to‘liq qismi oxirgi himoyachi bilan bir chiziqda bo‘lmasa ofsayd deb qabul qilinishi kerak. Tananing faqatgina ma’lum qismi chiziqdan oldinda bo‘lganda aniqlangan ofsaydni qoidabuzarlik deb atash noto‘g‘ri", deydi Venger.

Uning fikriga ko‘ra, bu taklif bir necha millimetr tufayli tortishuvlar kelib chiqishining oldini oladi.

Eslatib o‘tamiz, Venger 1996 yildan 2018 yilgacha "Arsenal" bosh murabbiyi bo‘lgan. Hozirda u FIFAning global rivojlanish bo‘limi rahbari lavozimida ishlamoqda.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing