Futbolchi Otabek Shukurovga “Mard o‘g‘lon” mukofoti, otasiga esa ot sovg‘a qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” klubi a’zosi Otabek Shukurov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga munosib ko‘rildi. Uning otasiga esa Qashqadaryo viloyati hokim Zoyir Mirzayev ot sovg‘a qildi.

Bundan tashqari, Shukurov kecha, 1 iyul kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 100 dan ortiq yoshlar tahsil olishiga mo‘ljallangan o‘quv markazining ochilish marosimini o‘tkazgan. Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ham ishtirok etib, milliy terma jamoamiz futbolchisiga ushbu mukofotni topshirgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev G‘ayrat Murodovga (Otabek Shukurovning otasi) qorabayir zotli ot sovg‘a qildi. Ma’lumot uchun, Otabek Shukurov 2012 yilda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan birga Osiyo chempionligi qo‘lga kiritgan.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing