Futbol juda “iflos” hudud – Gonsalo Iguain

Sport

image

Amerika Qo‘shma Shatatlarining “Inter Mayami” futbol klubida to‘p tepadigan argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain faoliyatini yakunlagach futbol dunyosidan uzoqda bo‘lmoqchi. U “Primer Impact” nashriga bergan intervyusida futbolni iflos hudud deb hisoblashini aytib o‘tgan.

“Odamlar futbolchi bo‘lish nimani anglatishni bilishmaydi. Ular sen faqat futbol o‘ynashing kerak, deb o‘ylashadi. Lekin bizda ham xuddi siz kabi ota-onalar bor. Biz ham boshqalar kabi azob-uqubatlarni boshdan kechiramiz. Faoliyatimni yakunlasam, futboldan yiroq bo‘laman. Futbol o‘ynashni davom ettirar ekanman, o‘yindan zavq olaman. Lekin keyin futbolga yaqinlashishni ham xohlamayman. Bu juda iflos hudud. Bu og‘riq yoki umidsizlik emas, Biroq futbol men bo‘lishni xohlagan dunyo emasligini his qilyapman”, degan Gonsalo.

Iguainning qo‘shimcha qilishicha, futbolchi bir martalik shisha idishdir. Uni bo‘shatishadi va uloqtirishadi. Shuningdek, u futbol bergan barcha narsa uchun minnatdorlik ham bildirib o‘tgan.

“O‘yinchi bir martalik shisha idishdir. U bo‘shatiladi va, tashqariga uloqtiriladi. Futbolchi endi yo‘q, sizni eslay olishmaydi. O‘ynashni boshlaganingizda,"Voy, hammasi yaxshi", deysiz. Bu sohani yaxshi bilsangiz, yovuzlik, hasad, nafratga duch kelasiz. Hozir, hayotimning eng muhim bo‘lagi xotinim va qizim. Shuning uchun, nega yana o‘sha “pufak” ichiga qaytishim kerak? Yo‘q, men bunday qilmayman. Men o‘z kutganimdan ko‘ra ko‘prog‘iga erishdim. Futbol menga bergan hamma narsadan minnatdorman. Garchi bu doimiy tanqid va yovuzlik evaziga keldi. Bolaligingizda siz bilan bunday holat sodir bo‘lishini tasavvur qila olmaysiz”, degan “Inter Mayami” hujumchisi, “Primer Impact” nashriga. 

Ma’lumot o‘rnida, Gonsalo Iguain “Yuventus”, “Real Madrid”, “Napoli”, “Milan” va “Chelsi” klublarida ham to‘p tepgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made