Futbol. O‘zbekiston ayollar jamoasi MO chempioni bo‘ldi
Sport
−
21 iyul 2022 8400 1 daqiqa
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan CAFA ayollar chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi chempion bo‘ldi. Mazkur turnir 6–21 iyul kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkazildi.
Musobaqada O‘zbekiston (1-o‘rin), Eron (2-o‘rin), Qirg‘iziston (3-o‘rin), Turkmaniston (4-o‘rin) va Tojikiston (5-o‘rin) ayollar jamoalari 4 tadan uchrashuv o‘tkazdi. Yakunda, O‘zbekiston terma jamoasi barcha o‘yinda g‘alaba qozonib birinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, jamoa darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda, raqiblar darvozasiga 20 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

CAFA ayollar chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi va to‘purari (5 ta gol) O‘zbekiston ayollar jamoasi sardori Nilufar Qudratova bo‘ldi.
Ibrohim Davronov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025