Futbol: Rossiya Xitoy, O‘zbekiston va Shimoliy Koreya bilan o‘ynay olishiga umid qilmoqda
Sport
−
29 mart 2022
4796Futbol bo‘yicha Rossiya milliy jamoasi O‘zbekiston, Xitoy, Eron, Qozog‘iston va KXDR bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin. Albatta, bu orqali Rossiya terma jamoasini yuqori darajada ushlab turishga erishiladi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Andrey Leksakov “R-Sport” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Rasmiy musobaqalarda qatnashish uchun UEFA’ning ruxsatini kutyapmiz. Hozircha milliy jamoalarimiz rasmiy musobaqalarda qatnashmayapti, biroq sentyabrda 2004 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar jamoasi, keyinroq esa, 2006 yilda tug‘ilgan qizlar jamoalari xalqaro musobaqalar saralashida ishtirok etishi kerak.
Iyun oyida UEFA’dan rasmiy musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilishini kutyapmiz. Balki, avvaliga yoshlar va sekin-astalik bilan milliy jamoaga ham xalqaro turnirlarda qatnashish imkoniyati qaytarilishini umid qilamiz. Balki, birdaniga barcha jamoalarimiz ruxsat olar.
Osiyo jamoalari biz bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga tayyor. Yevropaliklar bilan kelishuvga erishishimiz qiyin kechmoqda. Xitoy, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston va hatto KXDR bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishimiz mumkin. Bu milliy jamoamizning yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishiga yordam beradi, deb o‘ylayman”, degan Andrey Leksakov.
Ma’lumot o‘rnida,joriy yilning fevral oyida FIFA va UEFA Rossiya jamoalari va klublarini Ukrainadagi vaziyat tufayli noma’lum muddatga barcha xalqaro musobaqalarda qatnashishdan chetlatgan edi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi