Futbol klubi raqib kiyinish xonasiga kimyoviy modda sepgani uchun jazolandi
Sport
−
20 noyabr 2025 1814 2 daqiqa
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Janubiy Afrikaning “Orlando Payrets” klubiga Kongoning “Sent-Elua Lupopo” jamoasining kiyinish xonasiga zararli modda sepganlik uchun 25 ming AQSH dollari miqdorida jarima qo‘lladi. Bu haqda “TimesLive” xabar berdi.
Ushbu to‘qnashuvda har ikkala jamoa o‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan, penaltilar seriyasida esa kongoliklar g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olgan edi.
“Orlando Payrets”ning turnirdan chetlatish haqidagi apellyatsiya, murabbiy Gay Bukasaning diskvalifikatsiyasi va ikki futbolchi noto‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi shikoyatlar CAF intizom qo‘mitasi tomonidan rad etildi.
Klubning “muti” (afrikacha folbinlik amallari)dan foydalanishga urinishlari haqida tarixiy shubhalar yana tasdiqlangandek bo‘ldi. “Orlando Payrets” o‘yin oldidan maydonning ikkala darvoza og‘ziga noma’lum suyuqlik sepgan, biroq raqib tomon buni zudlik bilan tozalab tashlagan. Shunga o‘xshash holat “Mamelodi Sandaunz”ga qarshi o‘yinda ham kuzatilgan.
“Bu qaror maydonda qo‘lga kiritilgan g‘alabaga qo‘shimcha tasalli berdi va klubning musobaqadagi o‘rnini mustahkamladi”, deyiladi “Sent-Elua Lupopo” bayonotida.
Ma’lumot uchun, “Sent-Elua Lupopo” Afrika Chempionlar ligasi ikkinchi raundida penaltilar seriyasidagi g‘alaba bilan “Orlando Payrets”ni musobaqadan chiqarib yuborib, musobaqadagi yurishini davom ettirmoqda. Endi klub “Mamelodi Sandaunz” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Live
Barchasi