Futbol chog‘ida 8 ming kishilik tribuna quladi (video)

Sport

image

Hindistonning Kerala shtatida futbol o‘yini chog‘ida 8 ming tomoshabini bo‘lgan tribuna quladi. Oqibatda 200 kishi jarohatlandi. Bu haqda “The Indian Express” nashri xabar berdi

Huquq-tartibot organlari xodimlariga ko‘ra, hodisa joriy yilning 19 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da Malappuram shahrida sodir bo‘lgan. Tribuna qulashi oqibatida 200 kishi jarohatlangan, besh nafari og‘ir yaralangan. 

Hodisaga esa 3,5 ming tomoshabin uchun mo‘ljallangan tribunaga deyarli 8 ming tomoshabin joylashtirilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

530

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing